17:36 / 29.12.2015
5250

2016 yilda Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri binosi rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilmoqda

2016 yilda Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri binosi, shuningdek, boshqa bir qator madaniyat maskanlari binosi rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida “Madaniyat va sport: tashabbus va tahlil” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Madaniyat va sport ishlari vazirining sport ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari M.Aliyev, vazir o‘rinbosari – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori F.Jo‘rayev, Axborot-tahlil va matbuot xizmati boshqarmasi boshlig‘i S.Bobojonov, Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i J.Uzakov ishtirok etgan tadbirda madaniyat va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun yangi 2016 yil uchun ishlab chiqilgan rejalar to‘g‘risida ma'lumot berib o‘tildi.

Xususan, “Tomosha” bolalar musiqiy teatrga ajratilgan binoni rekonstruksiya qilish va moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash, Respublika bolalar qo‘g‘irchoq teatri binosini qurish, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri binosini rekonstruksiya qilish va yangi qo‘shimcha bino qurish, “Milliy musiqa markazi”ni tashkil qilish kelgusi yildagi ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Top