18:06 / 29.12.2015
3904

Xalqaro koalitsiya samolyotlari IShID bazalari bo‘ylab 31ta zarba berdi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari 29 dekabr kuni IShIDning Suriya va Iroqdagi obektlariga 31ta havo zarbasi yo‘lladi.

"22ta zarba Iroqning Ramadi va Mo‘sul shahri hududlari bo‘ylab berilgan. Bu havo zarbalari natijasida jangarilarning harbiy obektlari, neft tashuvchi sisternalari hamda boshqa bazalari yo‘q qilingan.

Yana 9ta zarba Suriya hududi bo‘ylab amalga oshirilgan. Bu zarbalar orqali jangarilar o‘rnashgan bazalar bombalangan", deyiladi Reyter agentligi xabarida.

Top