15:58 / 30.12.2015
20524

Nazarboyev Qozog‘iston go‘zali bilan raqsga tushdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonadagi “Duman” ko‘ngilochar markazida shahar hokimi tomonidan tashkil etilgan bayramona balga tashrif buyurdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrifchilarga murojaat qilarkan, mamlakat rahbari kelasi yil Qozog‘iston 25 yillik yubileyini nishonlashini alohida qayd qilib o‘tdi.

“Bu bayramni munosib kutib olish uchun butun mamlakat bir butun bo‘lib mehnat qiladi, - dedi u. – Suverenitet yillarida amalda boshqa mamlakat yaratildi, bu barcha qozog‘istonliklarning mehnatlari mahsulidir. Ko‘p etnosli va ko‘p konfessiyali xalqimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman”.

Shuningdek, Nazarboyev barchani kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi. Shundan so‘ng “Qozog‘iston go‘zali-2015” tanlovi g‘olibasi Aliya Mergembayeva davlat rahbarini raqsga taklif qildi.Xayriya balida to‘plangan mablag‘ “Miloserdiye” jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Top