08:27 / 30.12.2015
4598

Nyu-Yorkdan Moskvaga uchayotgan samolyot yo‘lovchilardan birida to‘lg‘oq boshlanishi tufayli majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasiga tegishli samolyot Nyu-Yorkdan Moskvaga uchish vaqtida yo‘lovchilardan birida to‘lg‘oq boshlanishi tufayli Kanada hududida majburan qo‘ndi. Bu haqda CTV News muxbiri o‘z tvitteri orqali xabar tarqatdi.

Flightradar24 sayti ma'lumotiga ko‘ra, bu samolyot 29 dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 23:14da Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi aeroportidan havoga ko‘tarilib, 30 dekabr kuni soat 07:20da Moskvadagi Sheremetevo aeroportiga qo‘nishi kutilayotgandi.

Qayd etilishicha, samolyot havoga ko‘tarilganida yo‘lovchilardan birida tug‘uruq jarayoni boshlangan. Uchuvchilar yo‘nalishni o‘zgartirib, Kanadaning Nyufaundlend orolidagi Gander shahriga qo‘nishga qaror qilishgan.

Top