Sport | 15:10 / 01.01.2016
4393
2 daqiqa o‘qiladi

Van Gaal: Faoliyatimning oxirigacha «Manchester Yunayted»da qolmoqchiman

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal murabbiylik faoliyatini hozirgi jamoasida yakunlash niyatida ekani haqida aytdi. 64 yoshli mutaxassis 1,5 yil oldin «Manchester Yunayted» jamoasi boshqaruviga kelgandi.

«Men doim o‘z ishimni bajaraman. Siz, jurnalistlar o‘z ishingizni qilishingiz zarur. Jamoaning murabbiylar shtabidagilarning ba'zilari: “Xujayin, sizga yordam kerak emas-mi?“, - deyishadi. Men doim shunday javob qaytaraman: “Sen o‘z ishingni barajgan holda menga yordam berasan. Uni iloji boricha yaxshi bajar, men mamnun bo‘lay.

Shuni futbolchilardan ham talab qilaman. «MYu» faoliyatimdagi birinchi klub emas. Balki, «MYu» — faoliyatimdagi so‘nggi klub bo‘lishi mumkin», — deya van Gaalning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com nashri.

Ayni damda «Manchester Yunayted» APL musobaqa jadvalida oltinchi o‘rinda turibdi va birinchi o‘rindagi «Arsenal» jamoasidan 9 ochko, YeChLga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rindagi «Tottenhem»dan 5 ochko ortda qolmoqda.

The Telegraph: van Gaal «Chelsi»ga qarshi o‘yindan keyin «MYu»ni tark etadi

Van Gaal "MYu" rahbariyatiga jamoani inqirozdan qay yo‘l bilan olib chiqishni bilmasligini bildirdi

Van Gaal matbuot anjumani vaqtida jurnalistlardan uzr so‘rashni talab qildi

Van Gaal: OAV iste'foga chiqishimni istamoqda, men esa yo‘q

Britaniya OAVi van Gaaldan "uzr so‘radi"

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish