Sport | 16:11 / 02.01.2016
3377
2 daqiqa o‘qiladi

Jyerrard: Bu yil mening futbolchilik faoliyatimdagi oxirgisi bo‘lishi mumkin

Ayni vaqtda "Los Anjyeles Gelaksi" klubi yarim himoyachisi hisoblanadigan Stiven Jyerrard qachon futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi. U "Liverpul"ga murabbiy sifatida qaytishni istashi haqida aytib o‘tgan.

"Hozircha bunga to‘liq ishonchim komil emas, ammo bu yil faoliyatimdagi so‘nggi bo‘lib qolishining ehtimoli katta.

Men Klopp bilan gaplashdim. U menga hech qanday taklif bildirmadi, ammo klubdagilar biror lavozimda faoliyat yuritishimga qarshi emasliklarini bildirishdi.

Men hamisha "Liverpul" yoki Angliya futbol assotsiatsiyasida ishlashni istaganman. Shunday ekan, Angliyaga qaytgach, ekspert sifatida faoliyat yuritib, klubda amaliyot o‘tash niyatidaman.

Men 2016 yil oxirida, noyabr yoki dekabr oyida to‘la erkin bo‘laman va o‘sha vaqtda murabbiylik litsenziyasini olishga umid qilmoqdaman", deydi Jyerrard.

Ma'lumot uchun, Stiven Jyerrard 1987 yildan boshlab "Liverpul" akademiyasida o‘ynay boshlagan. U "qizillar" safida 11ta sovrin qo‘lga kiritgan va ularni orasida UYeFA Kubogi, Chempionlar ligasi va UYeFA Superkubogi bor. U hech qachon Angliya chempioni bo‘la olmagan.