Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramos xatolik tufayli tvitteriga o‘z o‘g‘li surati o‘rniga Messining o‘g‘li suratini qo‘yib yubordi
"Real" jamoasi himoyachisi Serxio Ramos o‘z o‘g‘li suratini "Barselona" futbolchisi Lionel Messining o‘g‘li surati bilan adashtirib yubordi.
Ma'lum bo‘lishicha, Ramos o‘zining tvitterdagi akkauntiga Yangi yil kunida 2015 yilda o‘z hayotida yuz bergan voqealari aks etgan suratlardan tuzilgan kollajni joylashtirdi. U kollajga ikkinchi o‘g‘li Marko Ramosning qo‘li surati o‘rniga xuddi shunga o‘xshash boshqa bir surat, Messining o‘g‘lining qo‘li tasvirlangan suratni qo‘shib yuborgan.

U tezda xatoni tuzatgan.
