Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonidagi qatl tufayli sunniylar va shialar o‘rtasida katta mojaro chiqishi taxmin qilinmoqda
Iroqdagi hukmron shialar koalitsiyasi vakili Muhammad al Sayxudning ma'lum qilishicha, shialar xatibi Nimr an-Nimrning qatl etilishi, shialar va sunniylar o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqarishi hamda mintaqada tarang vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
«Saudiya Arabistonida amalga oshirilgan ushbu chora mintaqada og‘ir vaziyatni yuzaga keltirishi va sunniylar hamda shialar o‘rtasida ziddiyat keltirib chiqarishi mumkin», — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi terrorizm va fitna uchun sudlangan 47 kishiga nisbatan o‘lim hukmi ijro etilganini e'lon qildi. Ular ichida shialar xatibi Nimr an-Nimr ham bor bo‘lgan.