Jahon | 19:31 / 02.01.2016
8779
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi jangarilarni yana bir muhim nuqtadan surib chiqardi

Suriya hukumati qo‘shinlari 2 yanvar kuni mamlakat janubidagi Diro, Al-Kuneytra va As-Suvayda viloyatlari bilan bog‘lovchi yo‘lda joylashgan Shayx Miskin shahrini egalladi. Bu haqda Suriya al-En portali ma'lumotiga asoslanib, TASS axborot agentligi xabar tarqatgan.

Shahar uchun jang 3 kun davom etgan. Jang vaqtida 50 nafardan ortiq jangari o‘ldirilgan va 250dan ortig‘i jarohatlangan. Hukumat kuchlari Xauran viloyati markazi bo‘lmish Nava shahriga kirishgan.

Suriya armiyasi qo‘mondonligida bu shaharning qaytarilishi jangarilarning Damashqdan janubdagi guruhlari ta'minoti to‘sib qo‘yilishiga imkon berishini aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish