Jahon | 08:55 / 04.01.2016
3556
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda sodir bo‘lgan zilziladan jabr ko‘rganlar soni 100 nafarga yetdi

Hindistonning Myanma bilan chegarasi yaqinida sodir bo‘lgan zilziladan jabr ko‘rganlar soni 100 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi.

Bundan avval esa 4 kishining qurbon bo‘lgani, 50 kishining jarohatlangani xabar qilingan edi.

AQSh Geologik xizmatlari (USGS) ma'lumotiga ko‘ra, Hindiston shimoli-sharqidagi Manipur shtatida 6,7 ballik zilzila qayd etilgan. Yer silkinishlari shtat poytaxtidan 29 kilometr g‘arbroqda, Impxal shahrida kuzatilgan. Mahalliy meteorologik xizmatlar ma'lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 17 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Guvohlarning aytishicha, zilzila bir daqiqacha davom etgan.Tabiiy ofat natijasida bir necha uylarga shikast yetgan, yaqindagina qurilgan olti qavatli bino esa butunlay vayron bo‘lgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish