Jahon | 15:47 / 04.01.2016
3819
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistondagi zilzila tufayli Bangladeshda 3 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning shimoli-sharqidagi Manipur shtatida ro‘y bergan zilzila tufayli qurbon bo‘lganlar soni 11 kishiga yetgan, jarohatlanganlar soni 130 nafardan ortiqni tashkil qilmoqda. Bu haqda Times of India nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning 3 nafari Bangladesh fuqarosi hisoblanadi. 6,8 balli zilzila Bangladesh poytaxti Dakka va boshqa shaharlarida sezilgan.

Oldinroq, bu zilzila tufayli 10 kishi halok bo‘lgani, 100dan ziyod kishi jabrlangani haqida xabar berilgandi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi jabr ko‘rgan tumanlarga tabiiy ofatlarga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor bo‘linmalarni yuborishni buyurgan.

Yer silkinishi 4 yanvar kuni 04:40 (Toshkent vaqti bilan 04:10)da sodir bo‘ldi, uning episentri sharqiy Manipur shtatidagi Tamenglong okrugida, zilzila o‘chog‘i esa 10 km chuqurlikda joylashdi.

Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 6,9 ga teng bo‘ldi. AQSh Geologiya xizmati xabarida esa bu zilzila kuchi 6,8 ball bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish