Sport | 12:47 / 04.01.2016
3754
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Andrey Petrov "Rio-2016" o‘yinlariga yo‘llanma oldi

2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik sportchilar soni yana bir nafarga ko‘paydi.

Xitoyning Syanmin shahrida o‘tkazilgan marafonda O‘zbekiston vakili Andrey Petrov 42 km. 195 metr masofani 2:17.47 soniyada bosib o‘tib, belgilangan me'yorni bajardi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik yengil atletikachilar XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga sakkizinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Bugungi kunga kelib, “Rio-2016” o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan litsenziyalar soni 51taga yetdi. Shundan 24tasi Paralimpiyachilarga tegishli.