O‘zbekiston | 13:35 / 05.01.2016
6988
1 daqiqa o‘qiladi

Euronews telekanalida Go‘ri Amir maqbarasi haqida reportaj namoyish etildi

Euronews telekanali Samarqand shahriga bag‘ishlangan “O‘zbekistondan otkritkalar” turkumidagi reportajlar namoyishini boshladi.

Reportajning ilk soni Go‘ri Amir maqbarasi haqida hikoya qiladi. Unda maqbaraning haqiqiy sayyohlik obidasi ekanligi, bino ichki va tashqi tomondan XIV va XV asrdagi amaliy san'at bezaklari bilan bezatilgani, Amir Temur qabri haqida so‘zlab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, telekanalda 2015 yil oxiriga qadar har dushanba kuni O‘zbekistonga bag‘ishlangan oylik "Uzbekistan Life" reportajlari seriyasi namoyish etilgan edi.