Sport | 19:00 / 05.01.2016
13186
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiolaning o‘zi "Bavariya"dan ketishi sababini aytdi

"Bavariya" jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoadan tark etishga qaror qilgani sababini oshkor qildi.

"Men "Bavariya" bilan shartnomamni uzaytirmaslikka qaror qilganimning sababi shunchaki Angliya premer-ligasida ishlashni istadim.

Men hali o‘zimni sinashda davom etishga imkon berar darajada yosh deb hisoblayman. Men "Bavariya"ga menga bildirgan ishonchi uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.

Hali o‘zimning yangi jamoamni aniqlaganim yo‘q", deydi Gvardiola.

Bundan oldinroq, Gvardiolaning yangi jamoasi "Manchester Siti" bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Gvardiola "Bavariya"ga 2013 yilning yozida "Barselona"dan kelgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2016 yilning yozida yakunlanadi. Uni o‘z safiga taklif qilgan jamoalar orasida "Manchester Yunayted" va "Chelsi" jamoalari nomi ham bor.

Marca: Gvardiola "Bavariya"dan ketishga qaror qildi

Gvardiola o‘zi istagan de Bryuyneni emas, Kostani transfer qilishgani uchun «Bavariya»dan ketishga qaror qilgan

Gvardiolaning «Bavariya»dan ketishi sababi ma'lum qilindi

Gvardiola «Manchester Siti»da «Bavariya»dagidan 2 barobar ko‘p maosh oladi

“Bavariya” yozda Anchelotti Gvardiola o‘rnini egallashini rasman tasdiqladi

Levandovski Gvardiolaning ketishi haqida: U barcha uchun eng yaxshi yechimni biladi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish