O‘zbekiston | 12:58 / 05.01.2016
16637
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida yana 30ta yangi mahalla tashkil etildi

2015 yilning 25 dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qabul qilgan qarorga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxtida yana 30ta yangi mahalla tashkil etilishi belgilangan. Kengashning Toshkent shahridagi ayrim mahallalarning hududiy chegaralarini o‘zgartirish va yangi mahallalarni tashkil etish to‘g‘risidagi qarori bosma nashrlarda va Toshkent shahri hokimiyati saytida e'lon qilingan.

Yangi mahallalar Toshkent shahridagi ayrim mahallalarning hududiy chegaralarini o‘zgartirish hisobiga yuzaga keldi.

Endilikda Toshkent shahridagi mahallalarning umumiy soni 505taga yetdi.

Toshkentdagi yangi mahallalar ro‘yxati:

Mirzo Ulug‘bek tumani
1. «Bo‘z-2» mahallasi – «Elobod» mahallasi
2. «Navnihol» mahallasi – «Oliy himmat» mahallasi


Sergeli tumani
3. «Xonobod» mahallasi – «Quruvchilar» mahallasi
4. «Oqibat» mahallasi – «Obihayot» mahallasi
5. «Al-Farg‘oniy» mahallasi – «Polvonyor» mahallasi
6. «Yorqin hayot» mahallasi – «Hayotobod» mahallasi
7. «A. Jomiy» mahallasi – «Ziyokor» mahallasi
8. «Temiryulchi» mahallasi – «Olchaxor» mahallasi

Uchtepa tumani
9. «O‘rikzor» mahallasi – «Zarafshon» mahallasi
10. «Katta Qa'ni» mahallasi – «Foziltepa» mahallasi
11. «Qo‘rg‘ontepa» mahallasi – «Tepaqo‘rg‘on» mahallasi
12. «Xuroson» mahallasi – «Zargarlik» mahallasi
13. «Nurobod» mahallasi – «Hamdust» mahallasi
14. «A. Sog‘uniy» mahallasi – «Qovunchi» mahallasi
15. «Al-Xorazmiy» mahallasi – «Diyorobod» mahallasi

Chilonzor tumani
16. «Do‘mbirobod» mahallasi –«Gavhar» mahallasi
17. «No‘g‘oy qo‘rg‘on» mahallasi – «Fidokor» mahallasi
18. «Xirmontepa» mahallasi –«Shuhrat» mahallasi

Shayxontohur tumani
19. «Oqtepa» mahallasi – «Yangi Jarariq» mahallasi
20. «Yangiobod» mahallasi – «Kamolon Darvoza» mahallasi

Yunusobod tumani
21. «Ittifoq» mahallasi – «Mehnatobod» mahallasi
22. «Firdavsiy» mahallasi – «Yangitarnov» mahallasi
23. «Chinor» mahallasi – «Nurmakon» mahallasi
24. «Bog‘ishamol» mahallasi – «Bog‘ieram» mahallasi
25. «Sharq haqiqati» mahallasi – «Katta Hasanboy» mahallasi

Yakkasaroy tumani
26. «Boshliq» mahallasi – «Armug‘on» mahallasi
27. «Rakat» mahallasi – «Shohjahon» mahallasi
28. «Qushbegi» mahallasi – «Dilbuloq» mahallasi

Yashnobod tumani
29. «Bobur» mahallasi – «Beshariq» mahallasi
30. «Aviasozlar» mahallasi – «Fazogir» mahallasi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish