Jahon | 23:03 / 05.01.2016
6038
3 daqiqa o‘qiladi

«Turkmangaz» «Gazprom» bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqchi

Turkmanistonning gaz qazib chiqaruvchi va gaz taqsimlovchi «Turkmangaz» konserni «Gazprom» bilan Rossiyaga gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Turkmaniston neftgaz majmuasi gazetasi sayti bo‘lmish Nebit-Gaz resursida ma'lum qilingan.

Nashrning eslatib o‘tishicha, ushbu konsern Turkmaniston gazini Eron, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiyaga import qilish hajmini oshirmoqchi.

Xabarda qayd etilishicha, Turkmaniston o‘z gaziga talabgor bo‘lgan mamlakatlarga gazni kelishilgan narxlar va miqdorlarda yetkazib berishni davom ettirish uchun tayyor.

Bu ma'lumot Ashxobod “Gazprom” turkman gazini sotib olishni to‘xtatganini ma'lum qilgani haqidagi xabarlardan keyin paydo bo‘ldi.

“Gazprom” va “Turkmangaz” uzoq vaqtdan beri turkmaniston gazining narxi borasida tortishib keladi. 2015 yilning yozida rasmiy Axshobod “Gazprom”ni sotib olingan gaz uchun pul to‘lamaganlikda aybladi. 2015 yilning iyunida "Gazprom", "Turkmangaz" tomonidan gazning narxi qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan Stokgolm arbitraj sudiga murojaat qildi.

2015 yilda "Gazprom" sotib olinayotgan Turkmaniston gazining hajmini 10 milliard kubometrdan 4 millardga kamaytirdi, qolgan hajmini esa o‘z gazi bilan to‘ldirdi.

"Gazprom" 2001 yildan beri O‘rta Osiyo gaz ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2014 yilda "Gazprom" tomonidan O‘rta Osiyodan 29,52 milliard kubometr gaz sotib olingan. Ulardan 10,98 mlrd kubi Turkmanistondan, 7,38 mlrd kubi O‘zbekistondan va 10, 95 mlrd kubi Qozog‘istondan.

"Gazprom" tomonidan sotib olinayotgan gaz “O‘rta Osiyo – Markaz” (SATs) gaz quvuri orqali transportirovka qilinadi.

Rossiya 2016 yilda O‘zbekistondan xarid qiladigan gaz hajmi Turkmaniston o‘tgan yili yetkazib berganiga nisbatan ko‘p bo‘ladi