Sport | 18:46 / 06.01.2016
6386
1 daqiqa o‘qiladi

Ottmar Xitsfeld: Zidanning "Real"ga tayinlanishi ahmoqona qaror bo‘ldi

"Bavariya" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ottmar Xitsfeld Zinedin Zidanning "Real"ga tayinlanishiga munosabatini bildirdi.

"Zidan hozir lotereyada yutuq chiqqan odam holatida. Bu ahmoqlik, noto‘g‘ri qaror.

Unda murabbiylik tajribasi yo‘q, unda faqat mashhur futbolchi nomi bor xolos.

Murabbiy sifatida Zidan hali o‘zini ko‘rsatmagan. Endilikda, u dunyoning eng kuchli futbolchilari bilan birga ishlashiga to‘g‘ri keladi", - deydi Xitsfeld.