Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerri AQSh Shimoliy Koreyani yadroviy davlat deb tan olmasligini aytdi
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlarini xalqaro xavfsizlikka rahna soluvchi “o‘ta ig‘vogar harakat” deb atadi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Kerrining aytishicha, Shimoliy Koreyaning bu harakati BMT Xavfsizlik kengashining birdaniga bir nechta rezolyutsiyalarini buzadi.
“Biz Shimoliy Koreyani yadroviy davlat sifatida tan olmaymiz va kelgusida ham tan olmaymiz va oxirgi sinovlarga o‘xshash harakatlar bizning bu muddaomizni mustahkamlaydi”, deb aytdi Kerri.
Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.
Avvalroq Shimoliy Koreya hukumati mamlakatda vodorod bombasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma'lum qilgandi. Ko‘plab davlatlar rahbariyatlari bu holat yuzasidan norozilik bildirgan.