Jahon | 07:04 / 08.01.2016
21174
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda o‘zbekistonlik terrorchilikda ayblanib 25 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi

AQShning Aydaxo shtati sudi O‘zbekiston fuqarosi Fazliddin Qurbonovni xorijiy terrorchilik guruhiga homiylik qilgani va portlovchi moddalar saqlagani uchun 25 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda AQSh adliya vazirligining xabarida ma'lum qilindi. Hozirda 33 yoshda bo‘lgan o‘zbekistonlik qamoq jazosini o‘tagandan keyin, O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.

AQSh bosh prokurorining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Karlinning aytishicha, Qurbonov “O‘zbekiston islom harakati” jangarilari ko‘magida AQSh hududida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan.

Boshqa prokurorning ta'kidlashicha, uzoq muddatli qamoq jazosi fuqarolarni ommaviy qotilliklarni amalga oshirishga tayyor bo‘lgan Qurbonovning xatti-harakatlaridan himoyalashni kafolatlaydi.  

Fazliddin Qurbonov 2013 yildayoq O‘IH faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingandi.