Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 14:41 / 08.01.2016
3359
1 daqiqa o‘qiladi
Avstraliyadagi tarixiy shahar o‘rmon yong‘ini tufayli deyarli yo‘q bo‘lib ketdi
Avstraliyadagi Yarlup tarixiy shahar o‘rmon yong‘ini tufayli deyarli yo‘q bo‘lib ketdi. Mahalliy matbuotda xabar berilishicha, uch kishi dom-daraksiz ketgan.
Yarlup mamlakat g‘arbida, Pert shahridan 110 km uzoqda joylashgan. Uning yaqinida avj olgan o‘rmon yong‘ini 53 ga maydonni egallab, Yarlupdagi inshootlarning uchdan bir qismini qamrab oldi.
Shaharda jami 250 inshoot bor edi.
O‘t o‘chiruvchilar aholini darhol shahardan chiqib ketishga chaqirmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish