Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyaning Norvegiya bilan chegarasida pochta samolyoti halokatga uchradi
Shvetsiyaning West Atlantic kompaniyasiga tegishli pochta samolyoti 8 yanvarga o‘tar kechasi Oslo aeroportidan Norvegiyaning Tromsyo shahriga uchayotganida halokatga uchradi. Bu haqda TASS axborot agentligi Norvegiya telegraf byurosiga asoslanib, xabar bergan.
Qulab tushgan samolyot qoldiqlari Shvetsiyaning shimoli-g‘arbidagi Norvegiya bilan chegaraga yaqin joyda, Akkayaure ko‘li yaqinidan topildi.
Ikki uchuvchi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Shvetsiya qutqaruvchilari halokat haqidagi signalni mahalliy vaqt bo‘yicha 00:30 da qabul qildi.
Ma'lum qilinishicha, Canadair CRJ 200 rusumli samolyot noma'lum sababga ko‘ra qulay boshlagan va bir daqiqada 6,5 km pastga sho‘ng‘igan.
Halokat sabablari hozircha noma'lum. Uchish hududida bu vaqtda ob-havo sharoitlari yaxshi bo‘lgan.