Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegraph: Kaddafining Yevropa haqidagi bashorati amalga oshdi
Buyuk Britaniyaning The Telegraph sobiq bosh vazir Toni Blerning sobiq Liviya rahbari polkovnik Kaddafi bilan 2011 yil 25 fevralida bo‘lib o‘tgan ikki telefon suhbati stenogrammasini o‘rganib chiqib, shu asosda Liviya rahbari britaniyalik siyosatchini kelajakda Yevropada radikal guruhlar tomonidan uyushtiriladigan hujumlardan ogohlantirgan, degan xulosaga keldi.
Aytilishicha, Liviya fuqarolik urushi alangasida qolgan pallada qiyin vaziyatda qolib ketgan Kaddafi Toni Bler bilan qo‘ng‘iroqlashib, diniy radikal guruhlar bilan kurashayotganini va bu yo‘lda unga yordam qo‘lini cho‘zmagan G‘arb tez orada pushaymon bo‘lishini bashorat qilgan.
“O‘zining bu g‘aroyib bashoratida Kaddafi, so‘zma-so‘z keltirsak, “jihodchilar O‘rta Yer dengizini nazorat ostiga olmoqchi, shundan so‘ng ular Yevropaga hujum qiladi”, degan edi”, - ta'kidlaydi kolumnist Robert Mendik.
Kaddafi “al-Qoida”ga qarshi kurashda ko‘p bora G‘arb davlatlaridan yordam so‘ragani va ko‘p holda Toni Bler bu masalada vositachilik qilgani yaxshi ma'lum. Shuningdek, yaqinda Britaniya hukumati ikki rahbarning muloqotlari stenogrammalarini oshkor qildi.
“Biz ularga (ya'ni “al-Qoida”ga qarshi) kurashyapmiz, - degan muloqot chog‘ida Kaddafi. – Men haqiqatni aytmoqchiman. Bu, umuman olganda, murakkab vaziyat emas. Voqea juda oddiy: tashkilot uxlayotgan Shimoliy Afrikada ustalik bilan tuzoq qo‘ymoqda. “Al-Qoida” deb atalgan tashkilot Shimoliy Afrikada... Liviyadagi uyqu tuzog‘i Amerikadagi 9/11gacha bo‘lgan uyquni eslatadi”.