Sport | 15:40 / 08.01.2016
8821
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi «Guliston» mahallasida Ravshan Ermatov bilan uchrashuv o‘tkazildi

7 yanvar kuni Toshkentning Yunusobod tumani, "Guliston" mahallasi idorasida FIFA referesi, “O‘zbekiston iftixori”faxriy unvoni, "El-yurt hurmati" ordeni va "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sohibi Ravshan Ermatov va uning mahalladoshlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Sherzodxon Qudratxo‘jayev Facebook’dagi sahifasida ma'lum qildi.

“Mahalladoshimiz bilan faxrlanamiz... Sakson va to‘qsonga kirgan mahalla otaxonlari Ravshanni ko‘rib yoshliklarini mazza qilib esladilar. 2018 yil Jahon chempionatini intiqlik bilan kutayotganlarini aytdilar... Munis onaxonlar ham astoydil duo qildilar”, - deb yozadi Sherzod Qudratxo‘jayev.

Xabarga ko‘ra, "Guliston" mahallasida har chorakda Ravshan Ermatov, uning otasi Sayfiddin Ermatov, yordamchisi Abduhamidullo Rasulov bolalar uchun master-klass o‘tishlari kelishib olingan.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov 2015 yil 27 dekabr kuni Globe Soccer Awards tanloviga ko‘ra, «Yil hakami» deb e'lon qilindi. 31 dekabr kuni esa O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Ermatovni «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Ravshan Ermatov – 2015 yilning eng yaxshi hakami

Prezident Ravshan Ermatovni mukofotladi

Ravshan Ermatov O‘zbekiston Prezidenti sovg‘asi — “Malibu” avtomobili bilan taqdirlandi