Jamiyat | 07:56 / 09.01.2016
26586
11 daqiqa o‘qiladi

Eng katta yo‘l jarimalarini o‘rnatgan mamlakatlar

 Shunday mamlakatlar borki, mast holda mashina boshqarsa hayotidan ajralishi mumkin, yana birida bo‘lsa, jarimalar miqdori daromadga qarab belgilanadi. Keling, birgalikda dunyoning turli mamlakatlarida yo‘l harakat qoidalari buzilganligi uchun belgilangan jarimalar qanchalik bir-biridan farq qilishini va qayerda qizil chiroqda o‘tib ketish eng arzonga tushishini ko‘rib chiqamiz. 

                                           Finlyandiya jarimalari 

Agar Finlyandiyada tezlik 60 km/s. dan oshirilsa eng kam jarima 115 yevroni tashkil etadi. Bu holatda jarima qonun buzuvchi daromadiga qarab belgilanadi.

Tetik bo‘lmasdan mashina boshqargani (0,5 promildan ko‘proq ammo 1,2 promildan kamroq) uchun haydovchi taxminan 90 yevro to‘lashga majbur va uch oy haydash huquqidan mahrum qilinadi, 1,2 promilldan ko‘p bo‘lgan hollarda bo‘lsa, jarima miqdori 360 yevrogacha oshib, panjara ortiga tushish xavfi ham yo‘q emas.

Agarda ortiqcha 30-80 yevrongiz (shahar va mashina joylashtirish o‘rniga qarab) bo‘lsa, unda mashinani joylashtirish qoidalariga rioya qilmasangiz ham bo‘laveradi.  

Kamarni taqmaganlik uchun – 35 yevro

Qizil chiroqda o‘tib ketdingizmi kamida 64 yevro jarima to‘laysiz.  

Qoidaga ko‘ra, Finlyandiya yo‘l harakat qoidalarini buzganlik jarimalari haydovchining daromadiga bog‘liq. Bir kun Nokia firmasi bosh-menejyeridan tezlikni oshirganligi uchun 116 000 yevroli jarima yozilgan, biroq u daromadining u darajada katta emasligini isbotlab, jarimani 6 ming yevroga tushirishga muvaffaq bo‘lgan. 

 

Yussi Salonoya nomli millioner Xelsinki ko‘chalarida tezlikni oshirgani uchun, “Ginnesning rekordlari” kitobiga kiritilgan. Politsiya 170 000 yevroga jarima yozib bergan, Yussining okrug sudiga murojaati summani 100 000 yevroga tushishiga sabab bo‘lgan.

2009 yilda yana bir fin Yari Sarasvuo tezlikni 99 km/s. gacha oshirib, 150 000 yevrosidan ayrilib qolishiga sal qoldi. Lekin uning daromadi miqdori aniqlangach, Sarasvuo o‘n barobar kam miqdorda 15 000 yevro jarima bilan qutilib qoldi. 

                                           Buyuk Britaniya jarimalari

 Tezlik 60 km/s. dan oshirilsa, kamida 1000 yevro jarima to‘lanadi.

Mast haydovchilarni (agar qonda 0,8 promildan kam bo‘lsa) 3000 yevrodan 5000 yevrogacha jarima kutib turibdi. (mast holda hali birinchi marta ogohlantirilayotganligi sharti bilan)  

Mashina noto‘g‘ri joylashtirilsa – 40 yevrodan.

Agar kamar taqilmagan bo‘lsa, 500 yevrogacha jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Qizil chiroqda o‘tib ketilsa, 1800 yevro.                                                

                                           Irlandiya jarimalari

Tezlik 60 km/s. dan oshirilsa, 80 yevro jarima to‘lanadi.

Mast haydovchilarni ( 0,5 promildan ko‘p bo‘lsa) 5000 yevrogacha jarima kutadi. Bundan tashqari ko‘pi bilan 3 yilga haydovchilik huquqlaridan mahrum qilinadi.

Mashina noto‘g‘ri joylashtirilsa – 70-80  yevro.

Har bir kamar taqmagan yo‘lovchi 60 yevrodan jarima to‘laydi.                                         

                                                    Italiya jarimalari 

Tezlik 60 km/s. dan oshirilsa, 779-3119 yevro jarima to‘lash xavfi bor.

Agar test 0,5-0,8 promill alkogolni ko‘rsatsa, 500 dan 2000 yevrogacha jarima to‘lanadi. Mobodo, 0,8 dan 1,5 promilgacha alkogol topilsa, 800-3000 yevro, undanda yuqori promil aniqlansa, 1500-6000 yevro jarimalar va bir yoki ikki yil haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi belgilangan.   

Mast haydovchilarni ( 0,5 promildan ko‘p bo‘lsa) 5000 yevrogacha jarima kutadi. Bundan tashqari ko‘pi bilan 3 yilga haydovchilik huquqlaridan mahrum qilinadi.

Mashina noto‘g‘ri joylashtirilsa – 19-75 yevro.

Xavfsizlik kamaridan foydalanilmaganlik uchun – 80-320 yevro.

Qizil chiroqda o‘tib ketilsa, 150-600 yevro.

                                                                                                                                                                                         Germaniya jarimalari

Tezlik 60 km/s. dan oshirilsa, 400-480 yevro jarima to‘lanadi.

Agarda test haydovchi qonida 0,5 promildan ko‘p alkogol aniqlasa, u 500-3000 yevro miqdoridagi jarimaga tortiladi.

Mashina noto‘g‘ri joylashtirish, 10-25 yevroga tushgan.

Taqilmagan tasma uchun 30 yevro. 

Svetoforning taqiqlangan chirog‘ida o‘tib ketish, 90-360 yevro.150-600 yevro.

                                                   Kanada jarimalari

Tezlik 60 km/s. dan oshirilsa, 10 000 dollargacha jarima to‘lanadi. 

Kanadada mashina tetik holda boshqarilmagan holatlarda jarima kamida 600 dollarni tashkil qiladi. 

Mashinani joylashtirish qoidalari buzilsa, jarima 100 dollar qilib belgilangan. 

Xavfsizlik kamaridan foydalanmadingizmi unda 1000 dollargacha jarima to‘laysiz. 

Qizilda o‘tib ketsangiz, 150 dollaringizdan ayrilib qolasiz.

                                                      Xitoy jarimalari

Xitoyda jarima to‘lashning o‘ziga xos ball tizimi mavjud. Bu yerda haydovchi uchun yiliga 12 ball beriladi, agar yil so‘nggigacha bu ball to‘lig‘icha sarflab bo‘linsa, unda uch oy muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi.  

Tezlikni oshirganlarni 320 dollargacha jarima kutib turibdi.

Qondan 0,5 promildan ko‘p alkogol topilsa, xitoylik haydovchilar 80-320 dollar jarima to‘lashadi. Bundan tashqari, ular 15 sutkaga qamalib, yarim yilgacha haydovchilik huquqlaridan mahrum qilinadi. Agar haydovchi mast holda kimdir halok bo‘lgan holdagi yo‘l harakatini buzsa, o‘zi ham o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Avtomobilni noto‘g‘ri joylashtirish uchun eng kam jarima 16 dollar.

Xavfsizlik kamarlari taqilmagan vaziyatlarda jarima 8 dollarni tashkil qiladi.

Qizil chiroqda o‘tib ketganlik uchun 30-32 dollar miqdorida jarima yozilib, 6 jarima balni ham umumiy ballardan olib tashlanadi.

                                                       AQSh jarimalari

Mashinani uchirib haydashni sevuvchilarni bu yerda 500 dollar miqdorida jarima kutib turibdi.

Spirtli ichimlik tufayli tetik bo‘lmagan haydovchilarga 390-1000 dollar jarima yoziladi. AQShda bunday vaziyatlarda butunlay haydovchilik huquqlaridan ayrilib qolish ham mumkin. Agarda avtomobil taqiqlangan joyga qo‘yilsa, jazo sifatida 35 dollar to‘lanadi.

Xavfsizlik kamarlarini ishlatmaslik - 50  dollar.

Qizil chiroqda o‘tib ketilsa ham yana xuddi shuncha jarima to‘lanadi.  

                                                     Fransiya jarimalari

Fransiyada 60 km/s. dan tez yurganlar 1500 yevro bilan jazolanadi.

Spirtli ichimlikdan  0,5-0,8 promill miqdorida mast deya topildingizmi, bu vaziyatda 135 yevro jarima yoziladi. Agarda mastlik holati undanda yuqori ko‘rsatgichda bo‘lsa, 4500 yevro jarima to‘lanadi, shuningdek, 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi.

Mashinani joylashtirish qoidasini buzganlar 10 yevrodan boshlab jazoga tortiladi.

Kamarni taqmasdan mashinani boshqaryapsizmi? Jarima 135 yevro.

Taqiqlangan chiroqda o‘tib ketdingizmi? 90 yevro.

                                                       Yaponiya jarimalari 

Yaponlar belgilangandan tez haydaganlari uchun 800 dollardan boshlab jarima to‘lashadi.

Qonda 0,5 promildan ko‘p alkogol aniqlansa, 8700 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Mashinani noto‘g‘ri joylashtirish ham juda qimmatga tushadi - 835 dollar.

Xavfsizlik kamarini taqmaganlar 450 dollar to‘lashadi.

Chorrahada qizil chiroqda o‘tib ketilganda, jarima miqdori 417 dollarni tashkil etadi.