Jahon | 09:54 / 09.01.2016
3174
1 daqiqa o‘qiladi

Misrlik harbiylar Xurgadadagi otishmadan keyin mamlakatdagi strategik obektlarni qo‘riqlaydilar

Misrlik harbiylar ma'muriy markazi Xurgada shahri hisoblanadigan Qizil dengiz viloyatidagi barcha sayyohlik markazlari va strategik obektlarni qo‘riqlaydigan bo‘ldilar, deb xabar bermoqda Misr armiyasidagi xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Avvalroq OAVlarda Misrda otishma uyushtirgan jinoyatchilarda xudkushlar kamari bo‘lgani ma'lum qilingandi. Biroq Misr ichki ishlar vazirligida bu ma'lumot tasdiqlanmadi.

Noma'lum qurollangan uch shaxs Xurgadadagi mehmonxona yaqinida otishma uyushtirgan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.

Ayni paytda halok bo‘lganlar va yaralanganlar haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish