Jahon | 22:27 / 10.01.2016
5362
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda kompyuterida pornografik materiallar ko‘rgani uchun kontr-admiral ishdan bo‘shatildi

AQSh harbiy dengiz kuchlari qo‘mondonligi kontr-admiral Rik Uilyamsni Tinch okeani floti paluba aviatsiyasi o‘quv bo‘linmasi rahbari lavozimidan ozod qildi. Bu haqda New Times nashri xabar bermoqda.

Buning rasmiy sababi sifatida admiral o‘rinbosari Nora Tayson “kompyuter texnikasining maqsaddan tashqari ishlatilishi”ni ko‘rsatgan. Aytilishicha, kontr-admiral flotdagi ishchi kompyuterda pornografik materiallarni ko‘rgan.

Rejali tekshiruv chog‘ida Uilyams ishchi kompyuterda bunday rasmlarni ko‘rib, bu bilan harbiy dengiz kuchlari yo‘riqnomasi talablarini buzgani aniqlangan.

Qoidabuzarlik maxfiy ma'lumotlarning oshkor etilishiga sabab bo‘lmagani alohida qayd qilib o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish