Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harrison Ford tarixdagi eng kassabop aktyor deb topildi
Hollivud faxriysi Harrison Ford Box Office Mojo portalining yulduzlar ishtirokidagi filmlarning kassa yig‘imlari ko‘rsatkichlariga asoslangan statistikasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
“Yulduzli janglar” franshizasining yangi qismi ko‘rsatayotgan moliyaviy muvaffaqiyat tufayli Ford ishtirokidagi filmlarning umumiy kassa yig‘imlari 4.7 mlrd dollarga ko‘tarildi. Shu tariqa, u reytingning eski yetakchisi Semuel L. Jyeksondan o‘zib ketdi.
Yetakchilar ro‘yxatida, shuningdek, Tom Xenks, Morgan Friman, Eddi Myorfi va boshqa bir qator yulduzlar bor. Kuchli yigirmatalikda faqat bitta ayol bor – Kemeron Dias (3.03 mlrd dollar).
“Yulduzli janglar” sagasi yaratuvchisi Jorj Lukas eng kassabop ssenariynavislar ro‘yxatida birinchi o‘rinda ketmoqda. Saga bastakori Jon Uilyams esa eng xaridorgir musiqachilar reytingida ikkinchi o‘rinda turibdi.
1.6 mlrd dollar ishlagan “Yulduzli janglar: Kuchning uyg‘onishi” filmi eng kassabop filmlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rindadir.