Jahon | 20:10 / 10.01.2016
3013
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonlik deputatlar saylovchilar bilan taksida muloqot qiladi

Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Kengashi deputatlari saylovchilar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida taksi haydovchilari sifatida ishlay boshlashadi. Bu haqda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

Kirakash deputatlarning xalq bilan muloqot qilishi “Parlament-taksi” ko‘rsatuvi orqali translyatsiya qilinadi.

Aytilishicha, deputatlardan biri ilk reysni amalga oshirib ulgurgan. U ikki keksa ayolni Bishkek chetidagi Prigorodnoye qishlog‘iga eltib qo‘ygan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish