Jamiyat | 22:51 / 10.01.2016
10392
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda bolasini yo‘l bo‘yidagi hojatxonaga tashlab ketgan ayol qo‘lga olindi

Qozog‘istonning Jambul viloyatida o‘z farzandini jamoat hojatxonasiga tashlab ketgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Novosti-Kazaxstan agentligi mahalliy politsiya departamentiga tayangan holda ma'lumot bermoqda.

Aniqlanishicha, 3 yanvar kuni kichkina qizi bo‘lgan bu ayol nikohdan tashqari ikkinchi farzandini ko‘rgan va uni “G‘arbiy Xitoy-G‘arbiy Qozog‘iston” trassasi bo‘yidagi chiqindixona yaqinida, hojatxona ichida qoldirib ketgan. Yo‘ldan o‘tib ketayotgan odamlar bolani topib olishgan.

1994 yili tug‘ilgan bu ayol bu jinoyatni nima sababdan amalga oshirgani noma'lumligicha qolmoqda. Politsiya uning motivlarini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.