Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik bir guruh ovchilar bo‘rini mashinada qasddan urib ketdi
Qozog‘istonlik ovchilar yaralangan bo‘rini ta'qib qilib borib, uni UAZ yo‘ltanlamasida ataylab urib ketgan. Bu voqea aks etgan videolavha mahalliy matbuotda bir necha kun muqaddam e'lon qilindi.
Videodan ma'lum bo‘lishicha, erkaklardan biri yarador jonivorga kalit uloqtirgan. Bo‘ri jip orqasida berkinishga uringanida mashina burilib, bamper va g‘ildiragi bilan uni bosib qolgan.
Ovchilar bo‘rini tepkilab, so‘ng bog‘lashgan. Bundan so‘ng nima bo‘lgani noma'lum. Taxmin qilinishicha, bo‘ri o‘ldirilgan.
Mahalliy huquq-tartibot organlari jinoyatchilarga nisbatan biror chora ko‘rgan-ko‘rmagani noma'lumligicha qolmoqda.
2015 yilning noyabr kuni Kuril orollarida istiqomat qiluvchi odam ayiqni yo‘ltanlamasda qasddan urib ketgan shaxs yarim yillik axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan edi.