Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Janubiy Koreyadagi qo‘shinlari yuqori harbiy tayyorgarlik darajasiga keltirildi
AQShning Janubiy Koreyadagi qo‘shinlari qo‘mondoni Kyortis Skaparoti o‘z qismlariga yuqori harbiy tayyorgarlik darajasida turib, KXDRning provokatsiyalariga hozir bo‘lishga ko‘rsatma bergan. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Skaparoti AQSh qurolli kuchlari shtabining Osandagi 7-floti qo‘mondonligiga Janubiy Koreya shtablari boshliqlari qo‘mitasi rahbari Li Sun Chjin bilan birgalikda tashrif buyurgan.
“Yuqori tayyorgarlik darajasini uzoq istiqbolni ko‘zlagan holda ushlab turish uchun sa'y-harakatlarni amalga oshirish zarur”, - degan u.