Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda “Milliy tiklanish” partiyasi harbiy xizmatchilarga sovg‘alar ulashdi
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Jizzax tuman partiya tashkiloti Jizzax viloyat Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Jizzax viloyat avtomobil maktabi MK va XTB tashkiloti bilan hamkorlikda «Vatan himoyachilari-millat g‘ururi» mavzusida bayram tadbirini o‘tkazdi.
Unda “Milliy tiklanish” partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi, Jizzax tuman partiya tashkiloti Kengashi xodimlari, Jizzax viloyat Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Jizzax viloyat avtomobil maktabi MK va XTB tashkiloti hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni tuman partiya tashkiloti Kengashining yetakchi mutaxassisi Damira Hayitova olib bordi.
Dastlab, O‘zMTDP Jizzax tuman partiya tashkiloti Kengashi raisi O‘ral Sattorov yig‘ilganlarga partiyaning maqsad va vazifalari xususida batafsil ma'lumotlar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va OAV yo‘nalishi bo‘yicha yetakchi mutaxassis Akmal Binokulov barchani bayram bilan tabriklab, ishtirokchilarga ma'ruza o‘qidi.

Shuningdek, tadbirda Jizzax viloyat Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Jizzax viloyat avtomobil maktabi MK va XTB tashkilotining xodim hamda o‘quvchilari ham so‘zga chiqib, Vatan himoyasi naqadar mas'uliyatli burch ekani to‘g‘risida fikr yuritishdi.
Tadbir yakunida harbiy xizmatchilarning bir guruhiga O‘zMTDP Jizzax tuman partiya tashkiloti Kengashi tomonidan ta'sis etilgan sovg‘alar berildi.