Jahon | 19:57 / 11.01.2016
8169
2 daqiqa o‘qiladi

Plutonning yangi fotosuratlari olindi

NASA’ning “Yangi ufqlar” zondi yo‘llagan, Plutonning fotosuratlaridan iborat paket sayyoradagi Yo‘ldosh tekiskligining yuza qismini o‘ta tiniq aks ettirgani bilan diqqatga sazovordir.

Fotografiyada ko‘rinayotgan o‘nqir-cho‘nqirlar 16-25 km diametr va 90 m chuqurlikka egadir. Olimlarning fikricha, bu hoshiyalar mitti sayyora yuzasi ostidagi azot muzlarining erishi oqibatida yuzaga keladi. Issiqroq material tepaga ko‘tariladi, so‘ng yana sovub, pastga tushadi.

“Plutonning bu qismi lavali lampaday ishlaydi”, — deydi “Yangi ufqlar” jamoasi a'zolaridan biri Uilyam MakKinnon.

Fotosuratda ko‘rinib turgan katta palaxsalar irkit suvdan tashkil topgan aysberglardir.

Tadqiqotchilar bir qancha suratlarni birlashtirib, Yo‘ldosh yassiligining 650 km li qismini ko‘rsatadigan yaxlit tasvir oldilar. Fotografiya yechimi 1 pikselga 80 m ni tashkil etadi.

Olimlar, shuningdek, Yo‘ldosh tekisligidan g‘arbdagi va Vikinglar yeri deb ataladigan mintaqaning rangli suratiga ega bo‘ldilar. Fotografiyada kraterlar disklari hamda qizil g‘ubor qoplagan joylarni kuzatish mumkin.

Qizil rang tolin molekulalarining yo‘qligi bilan tushuntiriladi; ular Pluton atmosferasidagi metan va azotning Quyosh yorug‘ligi bilan o‘zaro ta'siri natijasida yuzaga keladi. Tolinlar organik modda bo‘lib, hayotning kimyoviy salaflari hisoblanadi. Plutondan tashqari, tolinlar Titanda, Tritonda hamda Quyosh tizimining boshqa tabiiy yo‘ldoshlari va kometalarida uchraydi.