Jahon | 14:54 / 12.01.2016
17072
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbuldagi portlash tufayli halok bo‘lganlar soniga aniqlik kiritildi

Istanbul shahrining Yevropa qismidagi Sultonahmad tumanida joylashgan maydonda portlash sodir bo‘lishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan va 15 kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga olib borilgan.

Shaharning tarixiy obidalar joylashgan va sayyohlar gavjum bo‘lgan bu hududida sayyohlar guruhi bekatda tramvay kutib turgan vaqtda hudkush terrorchi tomonidan terakt sodir etilgan.

Ayni vaqtda politsiya hududni o‘rab olgan. Portlashning tafsilotlari hozircha o‘rnatilmagan.

"Sultonahmaddagi maydonda portlash sodir etilishi tufayli halok bo‘lganlar soni 10 nafar, yana 15 kishi jarohatlangan", deyiladi ma'muriyat xabarida.

Istanbuldagi markaziy maydonda portlash sodir bo‘lishi oqibatida germaniyalik sayyohlar jarohatlandi

OAV: Istanbuldagi terakt tufayli halok bo‘lganlar bor