Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi: Futbolchilik faoliyatimni uyda yakunlamoqchiman
"Barselona" jamoasi hujumchisi Lionel Messi Kataloniya klubini tark etish niyatida emasligini bildirdi.
Oxirgi vaqtlarda turli nashrlarda ushbu argentinalik 29 yoshli futbolchining o‘z faoliyatini Angliya jamoalarida, xususan "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Men hamisha aytib kelganimdek, yana takrorlayman: "Barselona"ni tark etishni istamayman. Bu savolga bir xilda javob beraman. Faoliyatimni uyda yakunlamoqchiman, uyim esa "Barselona" - deydi Messi ESPN.
Messi beshinchi marta "Oltin to‘p" sohibi bo‘ldi