Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Bouining boyligi 600 mln dollarni tashkil qiladi
Britaniyalik marhum xonanda Devid Bouining boyligi 600 mln dollarni tashkil qilardi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri. Taxmin qilinishicha, artistning vafotidan so‘ng bu ko‘rsatkich yanada o‘sishi mumkin. Shu kunlarda Bouining 27 albomi va 100dan ortiq singllarining xarid ko‘rsatkichlari yanada o‘sgan.
Uning oxirgi albomi Blackstar Britaniyaning Official Charts xit-paradida boshchilik qilmoqda. Bundan tashqari, musiqachining ishlari iTunes chartlarining eng yuqorisiga ko‘tarildi. Spotify striming servisida uning tinglovchilari yanada ko‘paydi.
Boui vafotlaridan so‘ng ijodlari ulkan miqdorda daromad keltirayotgan Maykl Jyekson, Elvis Presli va Jon Lennon singari artistlar ortidan boradi, deb taxmin qilmoqda gazeta.