Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: biz o‘z gardanimizga superdavlatlik rolini olganimiz yo‘q
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida Barak Obamaning Rossiyani “mintaqaviy yetakchi” deb ataganiga munosabat bildirdi.
“Bu so‘zlarni jiddiy qabul qilmayman. Har bir siyosatchi va davlat o‘z fikriga haqli”, - ta'kidladi u.
Shuningdek, Putindan Rossiyani superdavlat deb atash qay darajada to‘g‘ri bo‘lishi so‘raldi.“Biz o‘z gardanimizga bunday rolni olmaymiz. Bu juda qimmat, bunga zarurat yo‘q”, - qayd qilib o‘tdi Putin.
Shu bilan birga, u Rossiya jahonning yetakchi iqtisodiyotlaridan biri bo‘lib qolayotganini ta'kidlab o‘tdi.
“Xaritaga qarang: Rossiya bir tomondan Yevropa bilan, boshqa tomondan Yaponiya va AQSh bilan chegaradosh, - dedi Kreml rahbari. – Rossiyaning jahondagi o‘rnini kamaytirib ko‘rsatishga uringanlar xato qiladi”.