Jahon | 18:07 / 12.01.2016
6230
1 daqiqa o‘qiladi

ShHTning yangi bosh kotibi tojikistonlik Rashid Alimov bo‘ldi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining Qaroriga muvofiq, tashkiliy tuzilmada kadrlar o‘zgarishiga oid qabul qilingan qarorlar amalga joriy etilmoqda.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ShHT bosh kotibi lavozimiga tojikistonlik Rashid Alimov tayinlangan. U o‘z vazifalarini 1 yanvardan boshlab o‘tay boshladi.

Alimovdan oldin ushbu lavozimda Irkutsk viloyati sobiq gubernatori Dmitriy Mezentsev faoliyat yuritgan edi.
Ma'lumot uchun, Rashid Alimov bundan oldin Tojikistonning Xitoydagi elchisi lavozimida va ShHTdagi doimiy vakili vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelgan.