Jahon | 14:17 / 13.01.2016
3360
1 daqiqa o‘qiladi

Eron AQShni hududiy suv chegaralarini buzganlikda aybladi

Eron AQShni hududiy suv chegaralarini buzganlikda aybladi. Reuters agentligining Islom inqilobi muhofizlari korpusi ma'lumotlariga tayanib ma'lumot berishicha, Tehron Vashingtonning kechirim so‘rashini talab qilmoqda.

Mahalliy radio efirida chiqish qilgan kontr-admiral Ali Fadaviy Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan aloqaga chiqqanini xabar qilgan.

Ilgariroq 13 yanvar kuni Eron AQShga qo‘lga olingan dengizchilarni qaytarishi xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish