Jahon | 08:48 / 13.01.2016
8814
1 daqiqa o‘qiladi

Eron o‘z dengiz hududlariga kirgan AQSh kemalarini to‘xtatdi

13 yanvarga o‘tar kechasi AQSh Harbiy dengiz kuchlariga tegishli 2ta kema Fors ko‘rfazida, Kuvayt va Bahrayn orasidagi hududda harakatlanayotgan vaqtda markaz bilan aloqani yo‘qotdi. Ko‘p o‘tmay ma'lum bo‘lishicha, jami 10 nafar dengizchisi bor bu kemalar Eron hududiy suvlariga kirgani uchun qo‘lga olingan.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif amerikalik hamkasbi Jon Kerri bilan gaplashib, dengizchilar xavfsizlikda ekani va ular tez vaqt ichida qo‘yib yuborilishi hamda kemalar yo‘lida davom etishi mumkinligini bildirgan.

Eron harbiylari bu kemalar 13 yanvar tongida qo‘yib yuborilishini ma'lum qilishgan.

Bu kemalar USS Harry S. Truman nomli aviatashuvchi kema boshqaruvidagi guruh tarkibida bo‘lgani aytilgan.