Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obamaning Kongressga murojaati. Asosiy bayonotlar
Bugun, 13 yanvar kuni, AQSh prezidenti Barak Obama Kongress oldida “Mamlakatdagi vaziyat to‘g‘risida”gi murojaatini o‘qib eshittirdi. Bu uning prezidentlik lavozimida Kongressga yo‘llagan oxirgi murojaati bo‘ldi.
AQSh yetakchisining nutqida aytilgan asosiy bayonotlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
Xalqaro munosabatlar haqida:
Xalqaro hamjamiyat o‘z yetakchisi sifatida Rossiya yoki Xitoyni emas, AQShni ko‘radi;
AQSh bundan keyin ham eng muhim xalqaro muammolarni yolg‘izlikda emas, koalitsiyalar tarkibida hal qilishda davom etadi;
AQShdagi iqtisodiy tushkunlik haqidagi gap-so‘zlar – quruq safsata;
AQSh – Yer sayyorasidagi eng qudratli millat;
Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng shakllangan xalqaro xavfsizlik tizimi yangi reallikka moslashishga harakat qilmoqda;
Tinchlikka asosiy tahdidni “Yovuzlik imperiyalari” emas, shakllanmagan davlatlar soladi.
Terrorchilikka qarshi kurash haqida:
AQSh Kongressi IShIDga qarshi harbiy kuch ishlatilishiga ruxsat berishi lozim;
Xalqaro terrorchilikning tor-mor keltirilishi xalqaro xavfsizlik tizimini saqlab qolishning asosiy shartidir;
“Al-Qoida” va IShID guruhlari yo‘q qilinishi zarur;
“O‘z garaj va uylarida fitna to‘rini to‘qiyotgan” terrorchilar nihoyatda xavfli va yo‘q qilinishi lozim;
IShID – qotillar va fanatiklar yig‘indisi bo‘lib, ularni yo‘q qilish lozim.
Ukraina va Suriya xususida:
AQSh Ukrainaga yordam berib, xalqaro tartibni mustahkamlamoqda;
Rossiyaning iqtisodiyoti qisqarayotganiga qaramay, u Ukraina va Suriyadagi ishlariga resurslarini sarflashda davom etmoqda;
Ukraina va Suriya RF ta'siri doirasidan chiqmoqda.