Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV: Istanbulda yuz bergan portlashda o‘zbekistonliklar jabrlanmadi
2016 yilning 12 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahrida sodir bo‘lgan terakt qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar yo‘q. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bergan ma'lumotga tayanib Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni Istanbul shahrining Yevropadagi qismida joylashgan Sultonahmad maydoni hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va 15 kishi yaralandi. Qurbon bo‘lganlarning 9 nafari Germaniya fuqarolaridir. Shuningdek, sayyohlar gavjum bu hududdagi terakt tufayli Peru, Norvegiya hamda Janubiy Koreyadan kelgan sayyohlar jabrlangan.