Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:44 / 14.01.2016
6101
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiya bo‘ylab 40 ming nafar zaxiradagi harbiy xizmatchilar ortga chaqiriladi
Fransiya bo‘ylab 40 nafar atrofidagi zaxira harbiylari ortga chaqirib olinadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Fransua Olland ma'lum qilgan.
"Men Fransiya Mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drianga zaxiradan chaqiriladigan harbiylar soni 28 ming emas, 40 mingga yetkazilishi kerakligi haqidagi taklif bilan murojaat qildim", deydi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan asosiy maqsad milliy xavfsizlik va aholi tinchligini ta'minlash hisoblanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish