Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jakartadagi terakt vaqtida halok bo‘lganlar soni 17 nafarni tashkil qilmoqda
14 yanvar kunining birinchi yarmida Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida amalga oshirilgan davomli teraktlar natijasida 17 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning 5 nafari politsiyachilar.
Dastlabki xabarlarda, bugun Jakartada 10 nafardan ortiq jangari tomonidan sodir etilgan 7 ta terakt va keyingi otishmalar tufayli 7 kishi halok bo‘lgani, ulardan 3 nafari politsiyachilar, 4 nafari esa jangarilar ekani aytilgandi.
Bundan oldinroq, Jakarta politsiyasi terakt ijrochilari sifatida 4 kishini qo‘lga olgani xabar qilingandi.
Portlashlardan biri Sarinah nomli savdo markazi, yana biri BMT binosi va Starbucks kafesi oralig‘ida sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Portlashlar ro‘y bergan tumanda hashamatli mehmonxonalar, ofis binolari hamda bir qancha davlatlarning elchixonalari joylashgan.
Mamlakat prezidenti Joko Vidodo portlashlarni terakt deb atadi.