Jahon | 16:52 / 14.01.2016
3611
1 daqiqa o‘qiladi

Latviya IShIDga qarshi kurash uchun 10 nafar askar jo‘natadi

Latviya hukumati IShIDga qarshi kurashda ishtirok etishi uchun 10 nafar askar jo‘natishga qaror qildi. Bu haqda Delfi nashri xabar bergan.

Mamlakat parlamentidagi (Seym) manbaning ma'lum qilishicha, bu qaror ko‘pchilik deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Qayd etilishicha, latviyaliklar guruhi daniyaliklar kontingenti bilan BMTning Iroqdagi bazasida joylashadi. Ular mahalliy jangchilarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish bilan shug‘ullanishadi.

Latviya Mudofaa vazirligida ma'lum qilinishicha, latviyalik askarlar 2018 yilning 1 fevral kunigacha Iroq hududida bo‘lishadi.

Bundan oldinroq, Riga meri Nil Ushakov Boltiqbo‘yi davlatlarini IShIDga qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlikda harakat qilishga chaqirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish