Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Los-Anjyelesda noma'lum shaxs ko‘chada uch kishiga o‘q uzdi
Los-Anjyelesda noma'lum jinoyatchi ko‘chada uch kishiga o‘q uzdi, deya xabar bermoqda NBC Los Angeles.
Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, hodisa chorshanba, 13 yanvarda, kunning ikkinchi yarmida megapolis janubidagi Gayd-park xiyoboni va O‘ninchi avenyu hududida sodir bo‘lgan.
Natijada ikki ayol va bir erkak o‘q yegan. Jabrlangan ayollardan birining ahvoli og‘ir.
Otishma sodir bo‘lgan joy hozircha aniqlanmagan. Jamoat joylaridagi otishmalar AQShda tez-tez sodir bo‘lib turadi. Eng so‘nggi shov-shuvli jinoyat Kaliforniyaning San-Bernardino shahrida 2015 yilning 2 dekabrida bo‘lib o‘tgan edi.
O‘shanda kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan oilaviy juftlik Rizvon Faruq va Tashfin Malik ijtimoiy ta'minot markazi konferens-zaliga kirib, u yerdagilarga qarata o‘q uzgan edi. Oqibatda 14 kishi hayotdan ko‘z yumib, 21 kishi jarohat oldi.