Davlatimiz rahbarining 2012 yil 22 oktabrdagi “Özbekistonda fermerlik faoliyatini taşkil qilişni yanada takomillaştiriş va uni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni fermerlik harakati taraqqiyotida yangi bosqiçni boşlab berdi. ÖzA Navoiy viloyatida fermer xöjaliklarini köp tarmoqliga aylantiriş maqsadida amalga oşirilayotgan işlarga e'tibor qaratdi.
Xabarda keltirilişiça, viloyatda şu maqsadda 684 loyiha amalga oşirildi. Xususan, Karmana tumanidagi 200 dan ziyod fermer xöjaligida ham qöşimça tarmoqlarni taşkil etişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ötgan yili tumanda bu borada 118 loyiha özlaştirildi. 16 işbilarmon fermer sut va göşt yetiştirişni, 14 tasida parrandaçilik yölga qöyildi.
Baliqçilik bilan şuğullanuvçi fermer xöjaliklari soni 8 taga yetdi. 4 fermer xöjaligining 9,5 gektarlik maydonida intensiv boğ taşkil etildi. Mevali boğlar maydoni 533 gektarga yetdi. Bundan taşqari, asalariçilikni yölga qöyayotgan yoki issiqxona taşkil etib, aholi dasturxoni tökinligiga munosib hissa qöşayotgan fermerlar soni ham ortmoqda.
“Sevoltepa ravnaqi” fermer xöjaligi tumanda ilğor xöjaliklar qatorida tilga olinadi. Bu bejiz emas. Abdurazzoq Rizayev rahbarlik qilayotgan xöjalikning umumiy ekin maydoni 97 gektar. Xöjalikka asos solingan 2000 yildan buyon belgilangan rejani ortiği bilan ado etib keladi.
Fermer öz maqsadlarini bosqiçma-bosqiç amalga oşira boşladi. Dastlab, qişloq xöjaligi texnikalarini ta'mirlaş ustaxonasi taşkil etdi. Texnikalar uçun agregatlar tayyorlaş maqsadida yönuv va temirçilik sexi faoliyatini yölga qöydi.
Tadbirkor fermer joriy mavsumda yana bir yangilikni amaliyotda qölladi. Kuzgi şudgorlaş davrida har bir gektar yerga 30 kilogramm kaliy, 100 kilogramm ammofos va ma'lum miqdorda azot öğiti sepdi. Bu tajriba öz-özidan paydo bölgani yöq. Şu usulni qöllaş natijasida mirişkor ötgan yili ğallaning gektaridan 75-80 sentnergaça hosil olişga erişdi.
– Fermer şoti ekib, arava undiradigan bölişi kerak. Zamonning talabi şunday, – deydi mirişkor. – Ötgan yili yerning tekisligini aniqlovçi “Topcon” rusumli monitorli maxsus lazer dasgohini xarid qildik.
Bu uskuna maydon markaziga örnatilib, yerning döng-past qismlarini körsatadi, yerni suv sathidek tekislab çiqadi. Mazkur usul yordamida suv sarfi kamayib, qadalgan uruğ bir maromda suğoriladi. Bu hosilga hosil qöşişning muhim omilidir.
– Fermer xöjaliklarini zamonaviy agregat va texnikalar bilan ta'minlaşga alohida e'tibor qaratilayotir, – deydi “Özqişloqxöjalikmaşlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi Navoiy viloyati filiali yetakçi mutaxassisi Umar Qurbonov. – Xususan, ötgan yili hududdagi fermerlarga 9 milliard 522 million sömlik 153 dona qişloq xöjaligi texnikasi yetkazib berildi.






