Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guus Xiddink: "Chelsi" APLda "jon saqlab qolish" uchun kurashadi
"Chelsi" jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Guus Xiddinkning qayd etishicha, uning jamoasi premer-ligadan tushib ketish xavfi vaziyatida turibdi.
"Chelsi"ni Joze Mourino tark etib, Guus Xiddink jamoa boshqaruviga kelganidan keyin jamoa mag‘lubiyatga uchramay kelayotgan bo‘lsada (2ta g‘alaba, 3ta durang), jamoani "xavfli hudud"dan atigi 6 ochko ajratib turibdi va oldinda, yanvar oyida "Everton" hamda "Arsenal"ga qarshi qiyin uchrashuvlar turibdi.
"Albatta, biz barchamiz o‘zimizni turnir jadvalining yuqori qismlarida ko‘rishni istaymiz. Ammo unutmasligimiz kerakki, ayni vaqtda 18 o‘rindagi jamoadan 6 ochko yuqoridamiz (21 turdan keyin 24 ochko bilan 14 o‘rin - tahririyat izohi). Safarlardagi o‘yinlarda ochko olishimiz kerak. O‘tgan turda "Vest Bromvich" bilan o‘z maydonimizda qayd etilgan durang (2:2) qimmatga tushishi mumkin. Endi biz tan olishimiz kerakki, APLda jon saqlab qolish uchun kurashamiz. Agar ochkoni biz olmasak, boshqalar olishadi. APLda buning (ligada jon saqlash uchun kurash - tahririyat izohi) hayron bo‘ladigan joyi yo‘q", deydi murabbiy Goal nashriga.