Jamiyat | 08:52 / 15.01.2016
4219
1 daqiqa o‘qiladi

Obama o‘z rafiqasi AQSh prezidentligi uchun nomzod bo‘lmasligiga va'da berdi

AQSh prezidenti Barak Obamaning va'da berishicha, uning rafiqasi Mishel Obama kelgusida mamlakat prezidentligi uchun o‘z nomzodini ko‘rsatmaydi va siyosat bilan shug‘ullanmaydi. Bu haqda The Washington Times nashrida xabar berilgan.

"Bu hayotda uchta ishga kafolat bor: o‘lim va soliqlarning bo‘lishi va Mishelning AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lmasligi", deydi u.

Bundan oldinroq, AQSh prezidenti Huffington Post muxbiriga bergan intervyusida "bu dunyoda 3ta narsadan qochib bo‘lmasligi, bular o‘lim, soliqlar hamda Mishel xonimning yorqin rangli ko‘ylaklari" ekanini aytib o‘tgandi.

Qayd etish kerakki, AQShning sobiq prezidentlaridan biri Bill Klintonning rafiqasi 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasidan asosiy nomzod hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish