Jahon | 18:05 / 16.01.2016
7479
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh 2016 yilda Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishini istisno etmadi

Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar 2016 yilda bekor qilinishi mumkin, deya ma'lum qildi Qo‘shma Shtatlar davlat departamentining sanksiyalar bo‘yicha koordinatori Deniyel Frid.

“Sanktsiyalar faqatgina Minsk shartnomasi amalga oshib, Donbassda saylovlar o‘tkazilganida, harbiy harakatlar to‘xtab, Ukraina sharqi tiklanganida ro‘y beradi”, - dedi Frid.

Uning fikricha, hozirda Moskva Donbassdagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishga tayyor.“Buni faqat olqishlaymiz va umid qilamizki, ushbu natijaga shu yilning o‘zida erishamiz”, - dedi Frid.

Koordinator Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ishlab chiqishda AQSh G7 va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlik qilganini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish